HTTPS, SSL va TLS o'rtasidagi farqlar.

Bu atamalarni chalkashtirib yuborish va ularni bir-birini oโ€˜rnini almashtirib ishlatish oson.

Keling, har birini ko'rib va ular qanday farq qilishini ko'rib chiqaylik.

HTTPS o'zi nima?

HTTPS HTTPning himoyalangan versiyasi: HyperText Transport Protocol

HTTP - sizning brauzeringiz va veb-serverlar o'rtasida aloqa o'rnatish va ma'lumot almashish uchun ishlatiladigan protokol.
Agar ma'lumotlar almashinuvi SSL/TLS bilan shifrlangan bo'lsa, biz uni HTTPS deb ataymiz. 'S' harfi Secure ya'ni xavfsiz degan ma'noni anglatadi.

OBBO! Shoshmang! Men SSL/TLS dedimmi? Nega?

Chunki bu SSL va TLS haqida gapirishning aniq usuli.

SSL bu Netscape tomonidan ishlab chiqilgan 'Secure Socket Layer' deb ataladigan protokol.

SSL Internet standartlari bo'yicha dinozavr deyiladi. Birinchi versiya hech qachon ishlab chiqarilmagan va Netscapening 1.1 brauzerida uning 2chi versiyasini 1995-yilda ishga tushuirishgan. Prikolna da?
O'sha yilning oxirida Netscape 3-versiyani chiqardi, chunki 2-versiyada ba'zi katta xavfsizlik bo'yicha muammolari mavjud edi.
1999 yilgacha hammamiz baxtli mushuklar edik. Netscape va Microsoft o'rtasidagi brauzerlar urushi, standartlarga bo'lgan ehtiyoj va Britni Spearsning - ''...Baby One More Time' qo'shig'i biz bilgan dunyoni o'zgartirdi. Butunlayin.

Oops, I did it again.

Netscape SSL protokoli nazoratini IETF: Internet Engineering Task Force ga berdi.

1999 yil tugashidan oldin IETF TLS 1.0 versiyasini chiqardi (bu haqiqatan ham SSL 3.1 edi).

SSL nomi TLS: Transport Layer Security ga oสปzgartirildi. Shu kungacha chalkashlik va tartibsizlikni yaratishayabdi.

Rahmat 1999.

TLS 1.0 olinib o'rniga 2006 yil 1.1 versiya chiqarildi.
Bir necha yil o'tgach, 2008 yilda TLS 1.2 bir nechta kamchiliklar va ekspluatatsiyalarni bartaraf etish uchun chiqarildi.

Biroq, 2013-yilga qadar TLSning 1.2 versiyasini qo'llab quvatlaydigan birorta brauzerning o'zi yo'q edi.

Chalkashlikka qo'shimcha qilgan xolda SSL 3.0 2015 yilda rasman eskirgan deb elon qilindi.

TLS 1.3 2018-yil mart oyida tasdiqlangan va brauzeringiz allaqachon uni qoโ€˜llab-quvvatlagan boโ€˜lishi mumkin. Brauzeringiz uchun joriy TLS versiyasini tekshirish uchun shu yerni bosing. Ammo hikoyani tugatish uchun albatta qaytib keling.

TLS 1.3 xavfsizlikni yaxshilaydi va eski zaifroq xususiyatlarni olib tashlaydi.

Agar brauzeringiz hali uni qo'llab-quvvatlamasa, tashvishlanmang. TLS 1.2 hali ham tavsiya etilgan versiya bo'lib qoladi, agar siz buni 2020 yil bahor/yoz oylarida o'qiyotgan bo'lsangiz.

Keling, xulosa qilamiz.

HTTPS HTTPning o'zzi, lekin SSL/TLS yordamida ma'lumotlarni shifrlaydi.
SSL - bu 90-yillarning o'rtalarida Netscape-da yaratilgan original va hozirda eskirgan protokol.
TLS - shifrlarni internetda himoyalash uchun aktual va IETF tomonidan qo'llab quvatlanadi.

Va endi siz Tarr-rixni bilasiz.

Keyingi HowHTTPS.works da...

Sertifikat va sertifikat organlari: ular nimani bilishadi? Ular vaziyatlarni bilishadimi? Keling, bilib olamiz!

O'qishni davom etish